AUDIT-APTEKA

 Assortimentlarni nazorat qilish

Assortimentlarni nazorat qilish

Dorixonalarda dori-darmonlardan tortib tibbiy buyumlargacha bo'lgan juda ko'p mahsulotlar assortimenti mavjud. Dorixonani avtomatlashtirish omborda mavjud tovarlar qoldig'ini nazorat qilish, yoki kamomad ortiqcha miqdorning oldini olish imkonini beradi.

 Sifatli xizmat

Sifatli xizmat

Savdo jarayonini avtomatlashtirish buyurtmalarni tezda qayta ishlashga, retseptlarni tezroq terishga, sotishni amalga oshirishga va savdo vaqtida qoldiqlarni oldindan kuzatishga imkon beradi. Bu esa haridorlarni kutish vaqtini qisqartiradi va sifatli xizmatni kafolatlaydi.

 Markirovka tizimi

Markirovka tizimi

Tovarlarni markalash, dori – darmonlarni hisobga olish soliq organlari oldida hisobot berish, bularning barchasi aniqlik va tizimlilikni talab qiladi. Avtomatlashtirish xatolardan qochishga yordam beradi va qonun buzilishi xavfini kamaytiradi.

 Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati

Sotuvchi har bir preparatning yaroqlilik muddati borligini bilishi muhimdir. Avtomatlashtirilgan tizimda buni nazorat qilish va muddati o'tgan tovarlarni hisobdan chiqarish zarurligi to'g'risida ogohlantirish imkoni mavjud.

 Statistika

Statistika

Tovarlarni omborga qabul qilishdan tortib uni sotishgacha avtomatlashtirish har bir bosqichni aniq kuzatish imkonini beradi. Bu jarayonlarni optimallashtirishga, yo'qotishlarni kamaytirishga va boshqaruvni yaxshilashga yordam beradi

 Sodda savdo oynasi

Sodda savdo oynasi

AUDIT APTEKA dasturining savdo oynasi sodda va tushunarli qilib ishlangan bo'lib, kompyuterda ishlashda malakasiz bo'lgan oddiy xodimlar ham oson ko'nikib keta oladi.

 Bo'lib sotish

Bo'lib sotish

Ma'lumki amaliyotda dori vositalarini bo'lib sotish va sotib olish holatlari ko'p uchraydi. Bizning dasturimizda ham aynan manashu jarayon inobatga olingan va xattoki markirovkalangan dori vositalarini ham hech qanday qonunchilikni buzmagan holda bo'lib sotish imkoni mavjud.